Skip to: site menu | section menu | main content

 
Currently viewing:

 

Asosiy menyu:



 

Saytimizning qaysi sahifasi sizga ko'proq manzur bo'ldi?

Ringtonlar
SMSkalar
Mp3lar
She'rlar
Latifalar
Rasmlar

  

Bizning banner
ALL.sb.uz - Barchasi siz uchun!

 

 

All.sb.uz - Barchasi siz uchun !!!    

She'rlar

Qish ham o`tib kelmoqda bahor,
Yurak yana sog`inar seni
Ko`zlarim ham senga intizor,
Sog`inchdan yuragim yonmoqda meni.

Bu bahor ham o`tar baribir,
Ko`nglim seni sog`inaverar
Seni sog`inaman negadir,
Isming aytib yuragim urar.

Bahor o`tib keladi yozlar,
Sog`inaman seni yana ham
Sog`inchga to`lganda yuraklar,
Kelib qolsang edi shu mahal.

Yoz ham o`tib kelganida kuz,
O`ylaymanki u bugun kelar,
Bilaman qachondir kelasan,
Lekin yurak sog'inaverar.

Har bir daqiqa ham o`tar to`xtamay,
Aylanib kelaverar yillar
Lekin yurak menga indamay,
Faqat seni sog`inaverar...

Joyladi:Saidbekorchi  
10.07.2007

Senga jonim fido bo`lsin,
Tanamdagi qonim mening
Sensiz bir zum yasholmasman,
Vujudimsan jonim mening.
Dunyoda yashayver mangu,
Sen kerak yuraklarga,
Sening bergan azoblaring
Oro berar qalblarga.
Sevgi! Senku har yurakni
Xursand qilib yig`latgan,
Har insonda paydo bo`lgan
Borim mening, yo`g`im mening.

Joyladi:Saidbekorchi  
10.07.2007

Bu dard meni qaydan oldiykan topib,
O'hshamay qoldimku o'zimga o'zim.
Tikanlar ustidan boryapman chopib,
Aralashib ketdi qish, bahor, kuzim...

Qiynayverar meni hijron otashi,
Oh ursam bag'rimdan tutun chiqadi.
Yurak qayta-qayta joduga tushib,
Diydoringa yana butun chiqadi.

Balki olis ikki qoshning orasi,
Balki ikki qirg'oq orasi uzoq.
Bir qadam Samarqand Shoshning orasi,
KUz ham yo'llarimga qo'yolmas tuzoq.

Farhodiga fido jonimni ko'rib,
Shirinlar yengillib tushadi taxtdan.
Bir tig' yuragimga oldiki kirib,
Qutulib bo'lmaydi endi bu BAXTDAN.

Joyladi:Saidbekorchi  
10.07.2007

Muhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.

Bu hayotda baxt shirin,
Yoring bergan ahd shirin,
Sevgilim, sening sevging,
Ko`zlaringda yashirin.
Yillar ortingdan yurib,
Bilolmadim ishqing sirin.

Izladim navolardan,
Yorim seni sadolardan,
Qay biri mehr topgan
Oshiqu gadolardan,
O`zing asragim, tangrim,
Ayrilig`u balolardan.

Joyladi:Saidbekorchi  
10.07.2007

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.

Joyladi: saidbekorchi  
10.07.2007

Muhabbatga zorlanadi tashna yuragim,
Topolmayin ishq saxrosi ichra bir buloq.
Sarson yurar visol izlab tunamoq uchun,
Yo'llarida vafo bo'lib yastanar qumloq.

Orzularga zorlanadi xasta bu ko'nglim.
Yor vaslini saroblardan topolmay nochor.
Kunlar quyosh sirdosh bo'lmish armonlariga,
Tunlar dardin xilolaga etadi izxor.

Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim,
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.

Joyladi:Saidbekorchi  
10.07.2007

 


SHE'RLAR DAVOMI:  | 1 | 2 | 3 |

 

 

 

 

Back to top

Hosted by uCoz